Kreml Putinni haqoratlagan Baydenga javob qaytardi
Olam
−
18 mart 2022
36652Kreml Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni diktator va haqiqiy bandit deb atagan AQSH Prezidenti Jo Baydenga nisbatan keskin munosabat bildirmaydi. Bu haqda RF Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Biz allaqachon Prezident Putinga nisbatan shaxsiy haqorat bo‘lgan bayonotlarni eshityapmiz va ko‘ryapmiz. Janob Baydenning bunday asabiyligini, uning charchashi, ba’zan unutuvchanligi oxir-oqibat tajovuzkor bayonotlarga olib kelishini hisobga olsak, biz tajovuzkorlikni keltirib chiqarmaslik uchun hech qanday keskin baho bermaymiz”, degan Peskov.
Kecha, 17 mart kuni Jo Bayden Vladimir Putinni “qonli diktator va Ukraina xalqiga qarshi axloqsiz urush olib borayotgan eng haqiqiy bandit” deb atadi. Bundan oldin, 16 mart kuni AQSH Prezidenti Rossiya yetakchisini harbiy jinoyatchiga chiqargandi.
Bir yil oldin, 2021 yil 17 mart kuni Bayden Putinni “qotil” deb hisoblashi haqidagi savolga ijobiy javob bergan edi. Putinning o‘zi bu haqda izoh berar ekan, bolalar bog‘chasi qofiyasidan iqtibos keltirgan "kim masxara qilsa, o‘zi shunday ataladi". Keyinchalik u Bayden bilan epizod haqida gaplashganini va prezidentning tushuntirishidan mamnunligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 16 mart kuni AQSH Kongressining Senati RF Prezidenti Vladimir Putinni harbiy jinoyatchi sifatida tan oluvchi rezolyutsiyani qabul qildi.
LiveBarchasi