Kreml Pashinyanning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasiga munosabat bildirdi
Olam
−
19 fevral
10100Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan Ukraina masalasida Moskvaning ittifoqchisi emasligini bildirdi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bunga javoban Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha Moskva va Yerevan pozitsiyalari bir-biridan farq qilishini aytib o‘tdi.
“Haqiqatan ham, biz Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar va mamlakat atrofidagi mojaro bo‘yicha mutlaqo qarama-qarshi pozitsiyaga egamiz”, degan u.
Peskov Rossiya Yerevanning bu pozitsiyasiga qo‘shilmasligini va rasmiy Moskva to‘g‘ri yo‘lda ekanini qo‘shimcha qilgan.
Qayd etish joizki, oldinroq Nikol Pashinyan 1991 yilgi Olmaota deklaratsiyasini Rossiya ham imzolaganini ta’kidlab, ushbu deklaratsiya asosida Ukrainaning hududiy yaxlitligini tan olish Kremlning mas’uliyati ekanini aytgan va Yerevan Ukraina masalasida Moskvaning ittifoqchisi emasligini bildirgan edi.