Kreml MDH davlat rahbarlari nega G‘alaba paradida to‘planganiga izoh berdi
Olam
−
11 may 2023
27571Rasmiy Kremlga ko‘ra, MDH davlat rahbarlarining Moskvadagi G‘alaba paradiga kelishi ularning mamlakatlarida tarixiy xotirani saqlab qolish uchun siyosiy irodasi borligini ko‘rsatadi. Bu bo‘yicha “RIA novosti” Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib xabar berdi.
"9 may kuni MDH davlatlari rahbarlarining paradda ishtirok etishi ularning mamlakatlarida xotirani saqlash uchun siyosiy va jamoatchilik irodasi mavjudligini ko‘rsatadi. Biz bu xotirani dunyoning barcha xalqlariga yetkazamiz”, deydi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi G‘alaba paradida Armaniston, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston rahbarlari va O‘zbekiston Prezidenti ham ishtirok etgandi.