Kredit ta’tili bilan bog‘liq imtiyoz kimlarga berilmoqda?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi natijasida moliyaviy qiyinchilikka uchragan ham jismoniy shaxslar, ham tadbirkorlik sub’ektlari uchun kredit to‘lovlarini kechiktirish bo‘yicha choralar amalga oshirilyapti. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati rahbari Akmal Nazarov brifing vaqtida ma’lum qildi.

Koronavirus pandemiyasi natijasida tadbirkorlik sub’ektlarida kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida 2020 yilning 1 oktyabriga qadar barcha kredit tashkilotlariga:

•    moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan tadbirkorlik sub’ektlarining kreditlari bo‘yicha asosiy qarz to‘lovlarini hamda pul oqimlari foiz to‘lovlarini qoplash uchun yetmagan taqdirda foiz to‘lovlarini kechiktirish;

•    muddati o‘tgan qarzdorliklar kechiktirilishida jarima sanksiyalarini qo‘llamaslik hamda undiruvni kredit ta’minotiga qaratmaslik bo‘yicha Markaziy bank tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Biroq, bu degani to‘lov muddati uzaytirilgan davrda foizlar hisoblanmaydi degani emas. Kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va kredit bo‘yicha yakuniy to‘lovlar muddatlarini uzaytirilganligini hisobga olgan holda, keyingi davrlarda tomonlar kelishuviga asosan bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit

Baholaganlar

431

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing