Kraystcherch masjididagi qirg‘inga 3 yil to‘ldi

Olam

image

Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern Kraystcherch masjidiga hujumning uch yilligi munosabati bilan mamlakat fojia qurbonlarini unutmasligini aytdi. 

“Biz 15 mart kuni sodir bo‘lgan terakt qurbonlarining 51 nafarini doimo yodga olamiz va xotirasini hurmat qilamiz”, deyiladi hukumat rahbarining rasmiy bayonotida. 

Bosh vazir hujumdan 10 kun o‘tib Yangi Zelandiyani xavfsizroq va inklyuziv mamlakatga aylantirish uchun Qirollik Tekshiruv Komissiyasi tuzilganini eslatdi.  

“Shahidlar xotirasiga hurmat bajo keltirishning yagona yo‘li bu yurtimizni bu yerda yashovchi har bir inson uchun yaxshiroq joyga aylantirishga intilishdir”, deydi Ardern. 

Qirollik tergov komissiyasining hisobotida tavsiya etilganidek, Etnik jamoalar vazirligini tashkil etish, Inson huquqlari bo‘yicha komissiya salohiyatini kengaytirish, qurol litsenziyasi islohotini amalga oshirish, shuningdek, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish borasida ham izchil ishlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

2019 yilning 15 mart kuni 4 nafar qurollangan terrorchilar Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarga kirib, juma namozini o‘qiyotgan musulmonlarga qarata o‘q uzgandi. Ushbu ommaviy qirg‘in natijasida 51 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi yaralandi. Ushbu qo‘poruvchilik harakatini avstraliyalik 28 yashar Brenton Tarrant amalga oshirgani ma’lum bo‘lib, u qo‘lga olingan edi.  

Sud qaroriga ko‘ra, Brenton Tarrant umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. Unga nisbatan Yangi Zelandiya tarixida ilk bor mahkumni muddatidan avval shartli ravishda ozod qilish huquqi bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Kraystcherch

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing