Masjidda 51 kishini o‘ldirgan terrorchi ustidan sud boshlandi

Olam

image

2019 yilning 15 mart kuni 4 nafar qurollangan terrorchilar Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarga kirib, juma namozini o‘qiyotgan musulmonlarga qarata o‘q uzgandi. Ushbu ommaviy qirg‘in natijasida 51 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi yaralandi. Ushbu qo‘poruvchilik harakatini avstraliyalik 28 yashar Brenton Tarrant amalga oshirgani ma’lum bo‘lib, u qo‘lga olingan edi.  

Ayni vaqtda Yangi Zelandiyada unga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha sud davom etmoqda. Kecha, 24 avgust kuni Kraystcherch Oliy sudi majlisi boshlandi. U 4 kun davom etadi. 

Shu kuni shaharda kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rildi. Sud binosiga olib boradigan yo‘llar berkitildi. Snayperlar yaqin atrofdagi uylarning tomiga o‘rnatildi. Sud majlisi davomida yangiliklar uzatish va onlayn translyatsiyalar taqiqlandi. 

Hujum qurbonlaridan birining onasi – Turkiya fuqarosi Zekeriya Tuyana, terrorchi uchun eng og‘ir jazoni so‘radi. 

Fatma Tuyan Yangi Yangi Zelandiya hokimiyatining taklifiga binoan Kraystcherchga kelganini aytdi. Fatma Tuyan terrorchi Tarrantning ko‘rsatmalaridan hayratda qolganini ta’kidladi. 

“Tarrantning so‘zlariga ko‘ra, u hujumni musulmonlarni qo‘rqitish va Islomning Yangi Zelandiyada tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirgan. Men uning sudda o‘zini qanday tutishini ko‘rdim. Uning biroz bo‘lsa ham pushaymoni yo‘q”, deydi ayol. 

Marhumning onasi terrorchiga chiqariladigan hukmni sabrsizlik bilan kutayotganini ta’kidladi.

“Men unga umrbod qamoq jazosini talab qilaman. Bu adolatli qaror bo‘ladi. Bu haqda sud majlisida aytaman”, deydi u. 


Maqola muallifi

Teglar

Yangi Zelandiya Kraystcherch

Baholaganlar

631

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing