Juma namozida odamlarni o‘ldirgan shaxsga endi terrorchilik ayblovi qo‘yildi
Olam
−
21 may 2019
7537Yangi Zelandiyada juma namozidan so‘ng masjidda odamlarni otib tashlagan Brenton Tarrantga terrorchilik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bu haqda Yangi Zelandiya politsiyasi xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, Brenton Tarrantga nisbatan qotillik va suiqasd qilishga urinish ayblovi ham qo‘yilgan. Umumiy hisobda unga nisbatan 92 ta ayblov e’lon qilingan. Politsiya o‘zgarishlar haqida mudhish fojiada halok bo‘lganlarning yaqinlari va jabrlanganlarni xabardor qilgan.
“Reuters” agentligining ta’kidlashicha, Yangi Zelandiyada ilk bor terrorchilik ayblovi e’lon qilingan. Shu bilan birga, bu yo‘nalishdagi qonunlar mamlakatda 2002 yildan amal qila boshlagan. Bu tur qonunlar 2001 yil 11 sentyabrda AQSHda sodir bo‘lgan teraktlardan keyin qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning, 15 mart kuni Yangi Zelandiyada juma namozidan so‘ng ikki masjidda terror harakati amalga oshirildi. Avstraliyalik 28 yoshli Brenton Tarrant tomonidan uyushtirilgan terror oqibatida jami 50 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
LiveBarchasi