Kojo Masharipovning jamoadoshiga aylandi
Sport
−
11 yanvar 2025 5077 1 daqiqa
Samarqandning “Dinamo” klubi sobiq hujumchisi Joel Kojo Eronning “Istiqlol” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsumni O‘zbekiston Superligasida o‘tkazgan Joel Kojo eronliklar bilan 2029 yilgacha bo‘lgan shartnoma tuzdi. Qirg‘iziston terma jamoasi a’zosi forslar uchun 300 ming yevroga tushdi. Shu tariqa, Kojo o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipovning jamoadoshiga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan ikki mavsumni “Dinamo” safida o‘tkazgan Kojo jamoa tarkibida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov “Istiqlol” bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr