Koutinoda debyut omadli chiqdi

Sport

image

“Barselona”dan “Aston Villa”ga o‘tgan Filippe Koutino Birmingem klubidagi muvaffaqiyatli debyut o‘yinidan so‘ng, Instagram sahifasiga post joylashtirdi. 

Braziliyalik futbolchi Angliya Premer ligasining 22-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda (2:2) gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

“Mehmondo‘stligingiz uchun tashakkur. Bugun kechqurun “Villa Park”da ajoyib muhit hukmron bo‘ldi”, deya yozgan Koutino.

Filippning postiga ko‘plab mashhur futbolchilar, xususan uning sobiq jamoadoshlari – “Bavariya” futbolchisi Tomas Myuller, “Liverpul” vingeri Muhammad Saloh va “Barselona” hujumchisi Memfis Depay reaksiya bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Aston Villa”ga Koutinoning “Liverpul”dagi sobiq jamoadoshi – Stiven Jerrard murabbiylik qiladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Filippe Koutin'o Aston Villa Stiven Jerrard

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing