Koutino Neymarning jamoadoshiga aylanadi

Sport

image

Braziliyaning “Santos” jamoasi Filippe Koutinoni transferini rasmiylashtirdi. “Liverpul” va “Barselona”ning sobiq futbolchisi jamoaga erkin agent sifatida qo‘shilib, yil oxiriga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

34 yoshli yarim himoyachining transferi Neymar jarohat olganidan so‘ng amalga oshirildi. Braziliyalik hujumchi o‘ng oyog‘idagi son mushagidan jarohat olgan va mavsumning ma’lum qismini o‘tkazib yuboradi.

“Santos” Braziliya futboli elitasidagi o‘rnini saqlab qolish uchun Koutinoning tajribasiga tayanmoqda. Ayni paytda klub chempionatda quyi ligaga tushib ketish xavfi bo‘lgan zonaning yaqinida joylashgan.

Ma’lumot uchun, Koutinoning professional faoliyati aynan “Vasko da Gama”da boshlangan. Keyinchalik u Yevropaga yo‘l olib, “Liverpul”dagi o‘yinlari orqali katta shuhrat qozondi. 2018 yil yanvar oyida “Barselona” Filippe Koutino uchun “Liverpul”ga 135 million yevro to‘lagan edi. Biroq braziliyalik futbolchining kataloniyaliklar safidagi faoliyati kutilganidek kechmadi.

Koutino “Vasko da Gama”dan ketganidan so‘ng, joriy yilning fevral oyidan buyon yangi jamoa qidirayotgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing