Kosta-Rikada narkokurer mushuk qo‘lga olindi

Olam

image

Kosta-Rika qamoqxonasida giyohvand moddalarni tashishda vosita sifatida ishlatilgan mushuk qo‘lga olindi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 may kuni qamoqxona qo‘riqchilari daraxtlar orasida orqasida paketlar bilan yugurayotgan mushukni payqagan. Holatdan shubhalangan xodimlar mushukni ushlagan va uning tanasida giyohvand moddalar borligini aniqlagan.

Qayd etilishicha, hayvonning tanasiga 235,65 gramm marixuana va 67,76 gramm geroin solingan paketlar bog‘langan.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, mushukning sog‘lig‘i tekshirilishi uchun Milliy hayvonlar salomatligini muhofaza qilish xizmatiga topshirilgan.

Hozirda tergovchilar kontrabanda sxemasining ortida kim turganini aniqlashga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  O‘zbekistonga olib kirilayotgan 2986 dona supurgining dastaklari orasidan qoradori topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

mushuk Kosta-Rika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing