Kosmosga chiqqan birinchi noprofessional astronavtlar Yerga qaytdi
Texnologiya
−
16 Sentabr
6060Avvalroq, SpaceX tarixda birinchi marta ko‘ngilli odamlarni qutb orbitasi – Xalqaro kosmik stansiyadan ko‘rinmaydigan Shimoliy va Janubiy yarimsharlarga jo‘natgani xabar berilgandi. ”Dragon” kosmik kemasi ekipaj a’zolari bilan birga yerga muvaffaqiyatli qaytdi. Bu haqda SpaceX o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 15 sentyabr kuni soat 03:36 da parashyut bilan tushiriladigan kapsula Meksika ko‘rfazi Florida shtatining janubi-g‘arbiy qismida AQSHning Sharqiy qirg‘og‘iga uchib kelgan. SpaceX missiyaning qaytishi jonli efirda namoyish etilgan.
Missiya tarixida birinchi marta professional bo‘lmagan astronavtlarning shaxsiy kosmik yurishini amalga oshirdi. Shuningdek, Polaris Dawn missiyasi yer orbitasida 1400 kilometr balandlikka ko‘tarilib, rekord o‘rnatdi.
Bildirilishicha, missiyaning asosiy maqsadlaridan biri 2017 yilda kashf etilgan osmondagi uzun yorug‘lik chizig‘iga o‘xshaydigan atmosfera hodisasini o‘rganish bo‘lgan. Parvoz taxminan 5 kun davom etgan.
“Ekipaj Yer atmosferasidan taxminan 400-500 km balandlikda o‘lchangan STEVE (Kuchli issiqlik emissiya tezligini oshirish) fenomeni bilan taqqoslanadigan doimiy emissiyalarning yashil bo‘laklari va binafsha rangli lentalarini o‘rgandi”, deydi SpaceX.
LiveBarchasi