Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Kosmosda qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytdi (foto)

Texnologiya

image

Joriy yilning 14 mart kuni SpaceX va NASA Xalqaro Kosmik Stansiyada (XKS) to‘qqiz oy davomida qolib ketgan astronavtlarni Yerga qaytarish uchun raketa uchirgandi. NASA astronavtlari Suni Uilyams va Barri “Buch” Uilmor nihoyat kecha, 18 mart kuni kechqurun Yerga qaytdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ular 2024 yil iyun oyida Boeing Starliner kosmik kemasida sinov parvozini amalga oshirish uchun jo‘nab ketgan edi. Ammo kemaning dvigatel tizimidagi muammolar tufayli ularni orqaga qaytarish xavfli deb topilgan va natijada kema bo‘sh holda Yerga qaytarilgan. Shu sababli Uilmor va Uilyams rejalashtirilgan o‘n kunlik missiya o‘rniga to‘qqiz oy davomida XKSda qolib ketgan.

SpaceX Dragon kapsulasi mahalliy vaqt bilan soat 17:57 da Meksika ko‘rfazi Tallaxassi sohili yaqiniga qo‘ngan. Kosmik kemaning tezligi atmosferaga kirishda 27,359 km/soatdan pasayib, Florida osmonida 4 ta parashyut ostida sekinlik bilan suvga qo‘ngan.

“Kapsula suvga qo‘ndi. Crew-9 yana Yerda. Nik, Aleksandr, Buch va Suni, SpaceX nomidan uyga xush kelibsiz”, deydi missiya boshqaruv markazi.

Kapsula suvga qo‘nganidan 30 daqiqa o‘tib, qutqaruv kemasi yordamida olib chiqildi. Birinchi bo‘lib kapsuladan Nikolas Xeyg chiqdi va qo‘llarini silkib, tabassum qildi. Keyin Aleksandr Gorbunov, undan keyin Uilyams va Uilmor chiqishdi.

“Juda ajoyib sayohat bo‘ldi! Barchamizning og‘zimiz qulog‘imizda”, deydi Nikolas Xeyg.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX kompaniyasi AQSH va Yaponiyadagi xususiy kompaniyalar tomonidan qurilgan ikkita Oy moduli bilan Falcon 9 raketasini uchirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kosmos astronavt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing