Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzaxdagi 2 mlrdlik tenderlar bo‘yicha surishtiruv boshladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Jizzax viloyatida 2 mlrd so‘mlik davlat buyurtmalari viloyat hokimi Ergash Saliyevning qiziga qarashli shirkat tomonidan bajarilgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoatchilik orasida munozaraga sabab bo‘ladigan mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, o‘rganish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

“Davlat xaridlari sohasidagi shartnomalarning ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinishi natijasida tizim shaffoflashdi. 

Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamda faol fuqarolar sa’y-harakatlari tufayli mazkur sohadagi korrupsion va manfaatlar to‘qnashuvi aks etgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar ham yuzaga chiqmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi Jizzax shahrini obodonlashtirish maqsadida o‘tkazgan tanlovi masalasi qator muhokamalarni keltirib chiqardi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘z vakolatlari doirasida mazkur holat bo‘yicha o‘rganishni boshladi”, deyiladi xabarda.

O‘rganishlar natijalari bo‘yicha OAV va keng jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi.

Bundan tashqari Agentlik tomonidan davlat xaridlari sohasida uchrayotgan tizimli qonun buzilish holatlari tahlilidan kelib chiqqan holda mazkur jarayonda yuzaga kelayotgan korrupsion holat va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi va javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadigan takliflar ishlab chiqilayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

tender

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing