Korrupsiyada ayblanib, qamoqqa olingan sobiq Prezident yana saylovda g‘alaba qildi
Olam
−
31 Oktabr 2022 11551 2 daqiqa
Kecha, 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Braziliya prezidentligiga saylovning ikkinchi bosqichida mamlakatning sobiq prezidenti, chap qanot Ishchilar partiyasi vakili Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi. U 50,87% ovoz to‘pladi. Uning raqibi, amaldagi davlat rahbari, o‘ng qanotdvan Jair Bolsonaru 49,13 foiz saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Joriy yilning 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovning birinchi bosqichida 77 yoshli Lula da Silva so‘rovlar kutganidan kichikroq bo‘lsa-da, Jair Bolsonarudan o‘zib ketdi: chap nomzod uchun 48,5 foiz, amaldagi Prezident uchun 43,2 foiz ovoz.
Luis Inasiu Lula da Silva 2003-2010 yillarda Braziliya Prezidenti bo‘lgan va juda mashhur edi. Keyinchalik u korrupsiyada ayblanib, 12 yilga qamalgan, biroq Oliy sud hukmni bekor qilib, unga qayta saylanishga ruxsat bergan.
Saylovlar oldidan Bolsonaru bir necha bor saylov tizimining mustaqilligiga shubha bildirgan va saylov natijalarini tan olmasligini aytgan.
Lotin Amerikasining eng yirik davlati Braziliyada 156 milliondan ortiq kishi ovoz berish huquqiga ega. Saylovda 118 millionga yaqin fuqaro qatnashdi.
“Folha de S.Paulo” gazetasining yozishicha, qayta saylanishda g‘alaba qozona olmagan Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru vazirlar bilan bog‘lanishdan bosh tortdi va uxlashga yotdi.
Nashr manbalarining ta’kidlashicha, Bolsonaruning ad’yutanti davlat rahbari bilan bog‘lanishga urinayotgan hukumat a’zolariga uxlashga ketgani haqida xabar bergan. Gazetaning ta’kidlashicha, soat 22: 06da Alvorada saroyi (Braziliya prezidentining rasmiy qarorgohi) yoritgichi o‘chirilgan.
Bolsonaruga yaqin manbalarga ko‘ra, siyosatchi tushdan keyin vaqtini uning saylovoldi kampaniyasini muvofiqlashtirgan to‘ng‘ich o‘g‘li, senator Flavio Bolsonaru bilan birga o‘tkazgan. Biroq u vazirlarni qabul qilishdan va ular bilan telefon orqali gaplashishdan bosh tortgan.
Avvalroq mamlakat Markaziy saylov komissiyasi rahbari Aleshandri di Morays matbuot anjumani chog‘ida ovoz berish natijalari ma’lum bo‘lgach, Bolsonaru bilan telefon orqali muloqot qilganini ochiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari u bilan “o‘ta muloyim” bo‘lgan.
Live
Barchasi