Braziliya Trampning odamlariga viza bermadi
Olam
−
25 iyul 3037 1 daqiqa
Braziliya rasmiylari AQSH Prezidenti administratsiyasining “mamlakat saylov tizimining ishonchliligini shubha ostiga qo‘ymoqchi bo‘lgan” ikki vakiliga viza berishni rad etdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Braziliya tarafi bu shaxslar AQSHning joriy yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazish rejasi bilan bog‘liqligiga amin. Ushbu saylovlarda amaldagi Prezident Luis Inasiu Lula da Silvaga AQSH yetakchisiga xarixoh bo‘lgan senator Flaviu Bolsonaru raqiblik qiladi.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, Demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo‘yicha byurodan Davlat kotibi yordamchisi Rayli Barns hamda uning o‘rinbosari Samuel Samsonga viza berilmagan.
Braziliyadagi manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, rad javobi “vaziyatdan siyosiy maqsadlarda foydalanish va saylov tizimiga putur yetkazish bo‘yicha takroriy urinishlardan dalolat beruvchi dalillar”ga asoslangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva AQSH Prezidenti Donald Trampga murojaat qilib, uni “kamroq internetda o‘tirishga va ko‘proq davlat rahbari bo‘lishga” chaqirgandi.
Live
Barchasi