Korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi
Jamiyat
−
19 noyabr 2021
4482O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini o‘rganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.
Endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi (ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.)
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi