Koronavirusning yengil va og‘ir shaklidan qanday asoratlar qoladi?

Jamiyat

image

Koronavirus ham boshqa kasalliklar kabi o‘zidan asorat qolidishi ma’lum. Ammo bu kasallikning darajalari ham bor. Masalan, kasallikning yengil shaklida kamroq, og‘ir shaklida esa sezilarliroq asoratlar qolishi aytilyapti.

Bugun, 23 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov brifing vaqtida aholidan tushsan savollarga javob berib, koronavirusning yengil va og‘ir shaklidan qanday asoratlar qolishi haqida ham ma’lumot berdi.

“Turli tasdiqlanmagan manbalarda koronavirusdan davolangandan so‘ng miya yemirilishi, bepushtlik kabi asoratlar qoladi, degan ma’lumotlar tarqamoqda.

Kasallikning tibbiy patogenezi bilan tanishmagan holda bunday gaplarni tarqatish noo‘rin.

Koronavirusning yengil shaklini boshdan kechirgan bemorlarda kasallikdan tuzalgandan keyin deyarli asoratlar kuzatilmayapti”, dedi Otabekov.

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori kasallikning og‘ir shaklidan qanday asoratlar qolishi haqida ma’lumot berib, o‘pka bilan bog‘liq muammolar bo‘lishini ma’lum qildi.

"Koronavirus infeksiyasining og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlar organizmida  tromboemboliya, tromboz, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki o‘tkir koronar yetishmovchilik kabi  poliorgan o‘zgarishlar yuzaga kelganligi sababli kasallikdan tuzalgandan keyin ba’zi bemorlarda o‘pka hayotiy sig‘imining (jiznennыy ob’em legkix) 20-30% ga kamayishi, shuningdek,  alveolalar devorlarida biriktiruvchi to‘qimani yuzaga kelishitufayli kasallikdan so‘ng o‘pka fibrozi kuzatilishi mumkin, bu esa harsillash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib keladi.

Bundan tashqari yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab sistemasida ham patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin", dedi Nurmat Otabekov.

Avvalroq, koronavirusga chalingan bemorlari qanday dorilarni ichishi tavsiya etilmasligi haqida ma’lumot bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

420

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing