Koronavirusning “doyasi” Uxanda xalqaro parvozlar tiklandi

Olam

image

Yetti oylik tanaffusdan keyin birinchi marta bugun, 17 sentyabr kuni Xitoyning Uxan shahriga xalqaro parvoz amalga oshirildi. Parvozlar koronavirus pandemiyasi avj olgani sababli to‘xtatilgan edi. Bu haqda "Sinxua" agentligi ma’lum qildi

Seuldan Uxanga uchib kelgan T'way Airlines samolyoti Xitoyning Uxan shahri aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 10:48 da qo‘ngan. Ta’kidlanishicha, Uxanga yetib kelgan barcha yo‘lovchilar ikki haftalik karantin o‘tkaziladigan maxsus mehmonxonalarga jo‘natilgan. 

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus infeksiyasining ilk o‘chog‘i Xitoyning Uxan shahrida joriy yilning 1 sentyabr kunidan maktab va bolalar bog‘chalari qayta ochildi. 

Agarda xavf darajasi o‘zgaradigan bo‘lsa, onlayn o‘qitishga qaytish uchun favqulodda rejalar tuzilgan. O‘quvchilarga maktabga va uyga niqob taqib qaytish va iloji bo‘lsa jamoat transportidan foydalanmaslik tavsiya qilingan

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning tarqalishi o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Uxanda boshlangandi. 11 million odam yashaydigan shahar yuqumli kasalliklar o‘chog‘iga aylangandi. Bir necha oy davomida bu kasallik dunyoning 210 dan ortiq mamlakatlariga tarqaldi. 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Uxan

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing