Koronavirusning bitta shtammi tarqalsa, boshqasi yo‘qoladimi? Shtab a’zosi javob berdi

Salomatlik

image

Hech kimga sir emaski, bundan 1,5 yil avval paydo bo‘lgan koronavirus infeksiyasi bugungacha dunyo bo‘ylab tarqalib, bir necha bor mutatsiyaga uchradi. Hozirgacha uning "britancha", "afrikacha", "hindcha" kabi xavfli shtammlari paydo bo‘ldi. Virus tinimsiz o‘zgarib borar ekan, uning bir shtammi tarqalishi bilan boshqasi yo‘qolishi mumkinmi? Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva shu savolga javob berdi.

“Aslida koronavirus infeksiyasini tarqalishi infeksiyani mutatsion shtammalari paydo bo‘lishini keltirib chiqaradi, deb biz bot-bot qaytaramiz. Bu degani yangi shtamm paydo bo‘lsa eski turi yo‘qoladi degani emas, ya’ni birlamchi paydo bo‘lgan virus turi ham tarqalishni davom etaveradi”, deydi Ubaydullayeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p holatlarda koronavirus tasdiqlangan bemorlarda kasallik kechuvi va yuzaga chiqayotgan klinik belgilari asosida shifokorlar taxmin qilishlari mumkin. Lekin, kasallik birlamchi koronavirus oqibatida yoki boshqa biror mutatsion shtamm oqibatida kuzatilayotganini quyidagi usullarda tasdiqlanadi:

•    PZR-test usulida koronavirus infeksiyasi bemorlarning organizmiga virus tushganini bildiradi va bu usulda virusning yuklamasi qanchaligini bilish mumkin.

•    Virusni mutatsion shtammlarini aniqlash uchun esa bu testdan tashqari qo‘shimcha ravishda maxsus skrinirovaniye usuli o‘tkaziladi, bu qo‘shimcha usulda koronavirusning qaysi shtammi ekanligini bilish mumkin. 

•    Koronavirusni qaysi turi yoki mutatsion shtammi kuzatilishi ularning kechuvi va klinik belgilariga qarab hamda labarator tekshiruvlardan farqlash mumkin. 

“Bugungi kunda tarqalayotgan kasallanishlarda koronavirusning mutatsion shakllarini yengilrok kechuvi ham bor, og‘ir va jadal o‘ta og‘ir darajaga o‘tuvchi shtammlari ham bor. Shunga bugungi kunda qanday shtamm bo‘lmasin bu kasallik bilan kasallangandan ko‘ra, oldini olish va vaksina bilan himoyalanish juda zarur”, deydi mutaxassis.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus shtamm

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing