Koronavirusni yuqtirganlar 1 000 000 dan oshdi. Turkiya xavfli o‘nlikka kirdi

Olam

image

Dunyo bo‘ylab koronavirus COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olganlar 1 milliondan oshdi. Virus dunyoning 181 mamlakatiga kirib bordi. Ayni vaqtda koronavirusdan vafot etgan 51 577 nafarni, sog‘ayganlar esa 210 ming 519 kishini tashkil etmoqda. 

Ayni vaqtda ushbu pandemiya tarqalish bo‘yicha kuchli o‘nlikni AQSH boshqarib boryapti. Mamlakatda 237 877 kishi ushbu virusga chalingan. 10 likka quyidagi davlatlar kirgan: 


•    Italiya – 115 142 nafar bemor; 
•    Ispaniya – 110 238 nafar bemor;
•    Germaniya – 84 600 nafar bemor;
•    Xitoy – 81 589 nafar bemor;
•    Fransiya – 59 105 nafar bemor;
•    Eron – 50 468 nafar bemor;
•    Angliya – 33 718 nafar bemor;
•    Shveysariya – 18 827 nafar bemor;
•    Turkiya – 18 135 nafar bemor.

O‘tgan hafta mazkur o‘nlikda bo‘lgan Janubiy Koreya 15 o‘ringa tushib qolgan. Mamlakatda 9 976 kishi koronavirusga chalingan.

O‘zbekistonda esa koronavirus yuqtirib olgan bemorlar 205 nafarga yetdi. Mamlakatda 110 mingga yaqin kishi karantinda saqlanmoqda. Bemorlardan ikki nafari vafot etdi. 25 nafari sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytdi
 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

740

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing