Koronavirusni tan olmagan Prezidentga niqob taqish majburiy qilib qo‘yildi
Olam
−
24 iyun 2020
11121Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaruga omma oldidagi chiqishlarda niqob taqish majburiy qilib qo‘yildi. Bolsonaruga niqob taqishni majburiy deb belgilagan sud, davlat rahbari koronavirus pandemiyasi davrida ehtiyot chorasini ko‘rishi “konstitutsion majburiyat” ekanini ta’kidlagan.
“Prezidentning mamlakatda amalda bo‘lgan qonunlarga rioya qilish, fuqarolarning umumiy farovonligini ta’minlash kabi konstitutsion majburiyatlari bor. Bu o‘z-o‘zidan u fuqarolarning sog‘liq huquqini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishini ham anglatadi”, dedi sudya Renato Borelli.
Qaror mamlakat hukumatiga ham taalluqli. Bolsonaruga qarshi ishni uni javobgarlikkka tortish kerakligini aytgan bir advokat ochdirgandi.
Jair Bolsonaru mamlakatida milliondan ko‘p odam koronavirusga chalingan bo‘lsa ham, virusni tan olmaydi. U oraliq masofani ham saqlamay odamlar ichiga kirib boradi va qo‘l berib so‘rashadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirusni yuqtirganlar soni 1 152 066 nafarga yetgan. Ularning 613 mingdan ortig‘i sog‘aygan, qurbonlar soni — 52 788 nafar.
LiveBarchasi