Braziliyaning qamalgan prezidenti vaqtinchalik ozodlikka chiqarildi
Olam
−
12:09 787 2 daqiqa
Braziliya Oliy sudi sobiq prezident Jair Bolsonaruga jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun vaqtincha qamoqxonani tark etishga ruxsat berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Nashr xabariga ko‘ra, sud kecha, 20 dekabr kuni Bolsonaruning advokatlari bergan iltimosnomani qisman qanoatlantirgan. Ular uni shifoxonaga olib chiqishga ruxsat so‘ragan. Shu bilan birga, sog‘lig‘i sabab uy qamog‘iga o‘tkazish haqidagi talab rad etilgan.
Hozirda 27 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Bolsonaru churrani olib tashlash bo‘yicha operatsiyadan so‘ng yana qamoqxonaga qaytariladi.
70 yoshli Bolsonaru sog‘liq bilan bog‘liq surunkali muammolarga ega. Jumladan, 2018 yilgi saylovoldi kampaniyasi paytida qorin qismiga pichoq bilan yetkazilgan jarohat oqibatida u bir necha bor operatsiya qilingan. Shuningdek, sentyabr oyida unda onkologik kasallik aniqlangani va erta bosqichda topilgani sabab ikki yomon sifatli o‘sma olib tashlangani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya Oliy sudi Jair Bolsonaruni harbiylar ishtirokidagi fitnani tashkil etishda aybdor deb topgan. U 2023 yil yanvarida Lula da Silvaning hokimiyatga kelishiga to‘sqinlik qilishga urinish ishi bo‘yicha ayblanmoqda. Bolsonaru esa o‘z aybini tan olmay, buni siyosiy ta’qib deb atamoqda.
12 sentyabr kuni u davlat to‘ntarishiga urinish uchun 27 yil 3 oyga qamoq jazosiga hukm qilingan. Ushbu ish bo‘yicha yana yetti nafar uning yaqin safdoshlari, jumladan, yuqori lavozimli vazirlar va amaldorlar ham aybdor deb topilgan.
Live
Barchasi