Koronavirusni damlama bilan davolashni aytgan vazir ishdan olinishi mumkin 

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni zaharli o‘simlik Issiqko‘l ildizi (Jungar akoniti) bilan davolash to‘g‘risida xabar bergan mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyevning ishdan olinishini talab qilmoqda.  

Qirg‘iziston parlamenti matbuot xizmati vakiliga ko‘ra, parlamentning ijtimoiy masalalar, ta’lim, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi a’zolari vazirni lavozimidan chetlatish to‘g‘risida Hukumatga taklif yubormoqchi. Qaror kecha, 19 aprel kuni bo‘lib o‘tgan qo‘mita yig‘ilishida bir ovozdan qabul qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Beyshenaliyev 16 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida qirg‘izistonlik shifokorlar koronavirus bilan kasallanganlarni juda zaharli o‘t - Issiqko‘l ildizi yoki Jungar akoniti bilan davolayotganini aytgandi.  

U hozirgi vaqtda mamlakatda koronavirusni davolash uchun ishlab chiqarilgan preparatning klinik sinovlari o‘tkazilayotganini, shuningdek, mahsulotni ro‘yxatdan o‘tkazish rejalarini ham e’lon qilgandi. 

O‘sha kunning o‘zida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qirg‘izistonda ishlatilayotgan Issiqko‘l ildizi samaradorligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega emasligi haqida bayonot berdi. 

Ma’lumot uchun, Issiqko‘l ildizi yoki Jungar akoniti – bu kurashchi urug‘idan bo‘lgan o‘simlik. Bu juda zaharli o‘simlik hisoblanadi. Qirg‘izistonda uni “zaharli qo‘rg‘oshin” deb ham atashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston koronavirus

Baholaganlar

262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing