Koronavirusni boshidan o‘tkazganlar tishlarini yo‘qotishi mumkinligi aniqlandi 

Salomatlik

image

Tish bilan bog‘liq muammosi bor odamlar koronavirusga chalinganidan so‘ng tishlarini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda "The New York Times" ma’lumot bergan. 

Qayd etilishicha, 30 yoshdan oshganlarning 47 foizdan ko‘prog‘i periodontal kasallikning (tish go‘shtining jiddiy bakterial infeksiyasi) u yoki bu turlariga chalinishadi. 

Ta’kidlanishicha, COVID-19 ni boshidan o‘tkazgan bemorlar ko‘pincha tishlarini yo‘qotishdan shikoyat qilishmoqda. 

Shifokorlar qonsiz tish yo‘qotishni g‘ayrioddiy deb baholashadi, aslida esa bu tish go‘shti tomirlarida muammo borligidan dalolat beradi. 

Ammo, shifokorlar COVID-19 va tishlarning yo‘qolishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqlash uchun izlanishlar o‘tkazish kerakligini ta’kidlashgan.

Ayni paytga kelib, dunyoda koronavirusga chalinganlar 60 mlndan oshib ketgan. 39 mlndan ko‘p odam sog‘aygan, 1,43 mln bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing