Koronavirusga test topshirish pullikmi yoki bepul? Rasmiy javob berildi

Jamiyat

image

Kecha, 21 may kuni AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda qator savollarga javob berildi.

Men koronavirusga qayerda tahlil topshirsam bo‘ladi va tahlil necha pul turadi?

"Koronavirus infeksiyasi uchun tahlil bepul va ayni vaqtda respublika bo‘ylab test laboratoriyalari mavjud.

Test topshirish uchun ko‘rsatmani shifokor belgilaydi va u sizni tahlil topshirish mumkin bo‘lgan joyga yo‘naltiradi", deydi Habibulla Oqilov.

Avvalroq, poyezd va samolyotlarda harakatlanish uchun koronavirusga test topshirish majburiy qilingan edi. Keyinchalik bu talab olib tashlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

753

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing