Koronavirusga qayta chalinish mumkinligi isbotlandi

Salomatlik

image

Gonkong universiteti olimlari ilk bor koronavirus bilan qayta kasallanish holati qayd etilganini ma’lum qildi. Bundan 4,5 oy avval koronavirusga chalinib, davolangan erkak qayta COVID-19 aniqlangan. Bu haqda BBC xabar berdi.

33 yoshli erkakda u COVID-19’ga chalinib, kasallikdan tuzalganidan keyin yana infeksiya yuqtirib olish holati kuzatilgan. Bemor birinchi marta koronavirus infeksiyasiga chalinganida unda kasallikning yengil belgilari kuzatilgan, hozirda ushbu alomatlar ham mavjud emas.

Tadqiqotlar virus RNKsi erkak dastlab yuqtirib olgan SARS-Cov-2 shtammidan keskin farqlanayotganini ko‘rsatgan. Shu sababli olimlar koronavirusga chalingan odamda hosil bo‘ladigan immunitet kutilganidan kam vaqt saqlanib qolishini taxmin qilyapti.

Olimlarning fikricha u Ispaniyaga borganida takroran virus yuqtirib olgan. Erkak Xitoyga qaytganda aeroportda majburiy testdan o‘tkazilganda koronavirus borligi aniqlangan. 

Virus genomi tekshirilganida koronavirusning ikkinchi shtammi birinchisidan farqli ekani va iyul–avgust oylarida Yevropada tarqalgan shtammga o‘xshash ekani aniqlangan.

Avvalroq, Xitoy rasmiylari koronavirusdan qayta kasallanish holatlari qayd etilganini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

431

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing