Koronavirusga qarshi vaksina qachon tayyor bo‘ladi?
Salomatlik
−
27 may 2020
13592Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun 2 oydan 2 yilgacha vaqt ketadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.
Koronavirusga qarshi vaksina qachon tayyor bo‘ladi?
“Olimlarning fikricha, vaksinani ommaviy miqdorda ishlab chiqish uchun 2 oydan 2 yilgacha vaqt ketishi mumkin.
Shu hafta Rossiyaning Gamalei nomidagi mikrobiologiya institutida koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksina bilan institutning barcha xodimlari emlangani va hozircha hech qanday asoratlar kuzatilmagani haqida xabar berishdi. Biroq bu hozircha tajriba ekani ta’kidlanmoqda“, deydi Sevara Ubaydullayeva.
Qat’iy karantin joriy qilingan vaqtda har kuni 5-10 nafar bemor aniqlanardi, karantin yumshatilishi bilan bu ko‘rsatkich bir necha o‘nliklarga chiqdi. Bunga qanday izoh berasiz?
“Qat’iy karantin rejimi mamlakatda birinchi koronavirus aniqlangan paytdan joriy qilingan va hozirgacha saqlanib qolingan. Faqatgina so‘nggi ikki haftada davolanganlar soni kasallanganlar sonidan ortganda karantin shartlarini bosqichma-bosqich yengillatishga qaror qilindi“, deydi Sevara Ubaydullayeva.
Ma’lumot uchun, butun dunyo bo‘ylab yangi koronavirus infeksiyasi uchun 100 dan ortiq turli xil vaksinalar ishlab chiqilmoqda. Ularning 10 tasi klinik sinovlar jarayonida.
LiveBarchasi