Koronavirusga qarshi niqoblarning qaysi biri eng samarali?
Foydali
−
14 dekabr 2020
10917Amerikalik olimlar tadqiqotlar davomida SARS-CoV-2 koronavirusidan himoya qiluvchi har xil turdagi niqoblarning samaradorligini tekshirib ko‘rdilar. Bu haqda "Eurekalert" xabar bermoqda.
Natijalar shuni ko‘rsatganki, N95 respiratorlari koronavirus infeksiyasidan eng yuqori darajadagi himoya vositalari hisoblanadi. Ularning samaradorligi 98 foizga baholangan.
Shuningdek, maishiy niqoblarning foydasi ham yuqori baholangan. Ikki qatlamli neylon niqoblar 79 foizgacha himoya qilishi aniqlangan.
O‘z navbatida, paxta bandanalari (ro‘mollari) va poliester niqoblarining samaradorligi mos ravishda 50 foiz va 40 foizga baholangan.
Uch qavatli paxta niqoblari esa eng past himoya darajasini ko‘rsatgan - 26,5 foiz.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 72 mlndan oshgan. 1,6 mln bemor vafot etgan. 50 mlndan ko‘p bemor sog‘aygan.