Koronavirusga qarshi Milliy gvardiya maxsus texnikalaridan foydalanish boshlandi
Jamiyat
−
28 mart 2020
10197Bugun, 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa hamkor vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Milliy gvardiya bo‘limalari maxsus texnikalarini jalb qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu texnikalar yordamida Toshkent shahri bo‘ylab – ko‘chalar, jamoat joylari, savdo markazlari, davlat idoralari va tashkilotlari atrofi hamda poytaxtga kirish va chiqish postlari dezinfeksiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 104 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shu vaqtgacha 2 kishi vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi