Koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinalar haqida ma’lumot berildi

Salomatlik

image

Endi butun dunyo bo‘ylab yangi koronavirus infeksiyasi uchun 100 dan ortiq turli xil vaksinalar ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Rossiyadagi “Vektor“ davlat ilmiy markazi bosh direktori Rinat Maksyutov ma’lum qildi

“Ulardan 10 tasi AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya va, Germaniyada klinik sinovlardan o‘tmoqda“, deydi Maksyutov.

Shuningdek, u mamlakatlar o‘rtasida bu masalada raqobat yo‘qligini ta’kidladi. Uning fikricha, vaksinani birinchi bo‘lib qaysi davlat kiritishi muhim emas.

“Kim birinchi bo‘lib ishlab chiqarishidan qat’iy nazar bu barcha odamlar uchun yaxshi bo‘ladi“, deydi Maksyutov.

Eslatib o‘tamiz, vaksinalar shu yilning oxirida yoki keyingi yil boshida ishlab chiqilishi kutilmoqda. Lekin, Oksford universiteti olimlari o‘zlari ishlab chiqayotgan vaksina 2020 yil iyun oyida tayyor bo‘lishini aytishgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

456

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made