Koronavirusga qarshi emlanishdan oldin nimani yashirmaslik kerak? 

Salomatlik

image

Koronavirusga qarshi emlanishdan oldin odam o‘zida qandaydir kasallik mavjud bo‘lsa, u haqda albatta aytishi kerak. Yashirishi aslo mumkin emas. Bu haqda Rospotrebnadzor Markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya instituti direktorining tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Aleksandr Gorelov ma’lum qildi. 

"Klinik sinovlar bosqichida sog‘lom ko‘ngillilarni tanlash kerak. Ammo odamlar ularda kuzatilgan kasallik tarixini yashirishlari mumkin. Aslida vaksinatsiyadan oldin insonlar o‘zlarida mavjud kasalliklarni yashirmasligi shart. Biron-bir kasalligi mavjud odamni koronavirusga qarshi emlash noxush holatlarga olib kelishi mumkin", deya ogohlantirgan mutaxassis. 

Shu bilan birga, u vaksina qabul qilgandan so‘ng sog‘lom odamlarda isitma, holsizlik, qizarish va in’eksiya joyida og‘riq kabi tabiiy holatlar kuzatilishi haqida yana bir bor eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan yagona mamlakat bo‘lib turibdi. RFda joriy yilning 11 avgust kuni “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatga olingan.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 38 milliondan oshib ketdi. 2 millionga yaqin odam kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

470

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing