Koronavirusga qarshi emlangan isroillik vafot etdi
Olam
−
28 dekabr 2020
9981Bugun, 28 dekabr kuni isroillik qariya koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasini olganidan so‘ng yurak xurujidan vafot etgan. Dastlabki tekshiruvga ko‘ra, o‘limning emlash bilan aloqasi aniqlanmagan. Bu haqda Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
“Yurak va saraton kasalligiga chalingan, ilgari bir necha marta yurak xurujiga uchragan, mamlakat shimolida yashovchi 75 yoshli erkak bugun tongda koronavirusga qarshi emlandi va emlashdan ko‘p o‘tmay uyda vafot etdi”, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida.
Ma’lum qilinishicha, agentlik baxtsiz hodisani tekshirish uchun maxsus komissiya tuzgan va unga Sog‘liqni saqlash vazirligining Xavfsizlik va sifat boshqarmasi boshlig‘i rahbarlik qilmoqda.
“Dastlabki tekshiruv baxtsiz hodisa va emlash o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlamadi. Emlash kampaniyasi davom etmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Ma’lumot uchun, Isroilda COVID-19’ga qarshi milliy emlash kampaniyasi 20 dekabr kuni boshlandi. Mamlakatda birinchi bo‘lib Bosh vazir Binyamin Netanyaxu emlandi. Birinchi bosqichda namuna bo‘lib, boshqalarni ham vaksina olishga undash maqsadida dastlab sog‘liqni saqlash xodimlari, tibbiyot talabalari va hokimiyat vakillari emlandi. Ikkinchi bosqichda 60 yoshdan oshgan fuqarolar va xavf guruhiga kiruvchi odamlar emlanadi.
LiveBarchasi