Koronavirusga chalinib, 8 kun uyida davolangan onaxon vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkentda 12 iyul kuni koronavirus aniqlangan va 8 kun davomida uyida davolangan ayol vafot etdi. Bu rasman e’lon qilingan 144-qurbon bo‘ldi.

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 67 yoshli M.T. (ayol) da 12 iyul kunidan tana harorati ko‘tarilgan, uy sharoitida davo muolajalarini olgan.

20 iyul kuni esa nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayib, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing