Koronavirusga chalinganlarning qanchasi og‘ir ahvolda ekani aytildi
Jamiyat
−
18 iyun 2020
8679Bugun, 18 iyun holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq jami 85 holat qayd etilgan. Shundan 54 nafari karantin muassasalarida, 28 nafari aholi orasida (shundan 14 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Toshkent shahrida hamda 1 nafari Qashqadaryo viloyatida), qolgan 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Avval xabar qilganimizdek, bugun 68 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5767 nafar bemordan 4199 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1549 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 30 434 nafar, statsionar karantinda esa 22 343 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi