Koronavirusga chalinganlar 600 000 dan oshdi

Olam

image

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 600 000 dan oshib, 601 ming 478 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 27 862 nafari esa virus sabab vafot etdi. 131 826 nafari esa virusdan davolandi.  Bu haqda Amerikaning Jon Xopkins universiteti statistikasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Kasallik qayd etilishi bo‘yicha boshlang‘ich o‘nlikni AQSH (104 837), Italiya (86 498), Xitoy (81 948), Ispaniya (65 719), Germaniya (53 340), Fransiya (33 414), Eron (32 332), Buyuk Britaniya (14 751), Shveysariya (12 928), Janubiy Koreya (9478) band etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, yangi turdagi koronavirus 2019 yil dekabr oyi oxirida aniqlandi. Virus Xitoy markazidagi aholi eng zich joylashgan shaharlardan biri Uxanda aniqlandi. Joriy yilning mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini pandemiya deb tan oldi. Koronavirus aniqlangan davlatlar 177 taga yetdi.

Avvalroq, koronavirusga chalinganlar soni 500 000 dan oshgani haqida xabar bergan edik. Virusning yana 100 ming odamga yuqishi uchun atigi 2 kun kerak bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 104 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing