Koronavirusga chalinganlar soni 60 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
22 iyun 2020
6468Bugun, 22 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60 nafarga oshib, 6461 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 1 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4450 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1992 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi