Koronavirusga chalinganlar qariyb 200 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 196 nafarga oshib, 12402 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 124 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 37 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 18 nafari aholi orasida), 15 nafari esa Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar O‘zbekistonda 7540 (+10) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (10 nafar Jizzax viloyatida) sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatda 4806 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

278

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing