Koronavirusga chalinganlar 27 milliondan oshdi

Olam

image

“Worldometer”ning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalinganlar 27 milliondan oshdi. Ayni vaqtda 27 million 70 121 kishi ushbu virus bilan og‘rigan. Ularning 19 million 171 162 nafari sog‘aygan. Vafot etganlar esa 883 782 kishi tashkil etmoqda. 

Koronavirusga chalinish bo‘yicha eng yuqori o‘rinda hamon AQSH turibdi. Mamlakatda 6 million 431 160 kishi koronavirus yuqtirib olgan. 

AQSHdan keyingi o‘rinlarda Braziliya (4 milliy 123 ming), Hindiston (4 million 114 ming 773), Rossiya (1 million 20 ming 310), Peru (683 ming 702), Kolumbiya (658 ming 456), Janubiy Afrika (636 ming 884), Meksika (629 ming 409), Ispaniya (517 ming 133), Argentina (471 ming 806) va Chili (420 ming 434) bormoqda. 

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar 43 476 nafarga yetdi. Ularning 40 880 nafari yoki 94 foizi sog‘aygan. 345 kishi ushbu virusdan vafot etgan.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida kasallikdan sog‘ayish ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi o‘rinda bormoqda. Jumladan: 

Qozog‘istonda 106 301 kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, ulardan 99 018 kishi yoki bemorlarning 93 foizi sog‘aygan, 1 588 nafar bemor vafot etgan. 

Qirg‘izistonda esa ushbu virusni yuqtirib olganlar 44 403 nafarga yetgan. Ularning 39 826 nafari yoki umumiy bemorlarning 89 foizi sog‘aygan. Vafot etganlar esa 1 060 kishi tashkil etgan. 

Tojikistonda kasallanish holatlari nisbatan kam. Ayni vaqtda 8 757 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 7 549 nafari yoki 86 foizi sog‘aygan. 70 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan. 

Afg‘onistonda esa koronavirusga chalinganlar 38 398 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 30 537 nafari yoki 79 foizi sog‘aygan. 1 409 kishi virus qurboni bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing