Koronavirusga chalinganlar 19 nafarga ko‘paydi. 7 bemor og‘ir ahvolda

Jamiyat

image

2020 yil 29 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 nafarga ko‘payib, 3463 nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 2 nafari Sirdaryo viloyatida Qozog‘iston orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. 15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan bo‘lib, shundan 10 nafari Sharjadan, 3 nafari Novosibirskdan charter reys bilan kelgan, qolgan 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan.

Ayni paytda mamlakatda 2694 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 77 foizni tashkil qilmoqda. 

Hozirda mamlakatda 755 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing