Koronavirusga chalingan Prezident va rafiqasi tuzaldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Suriya Prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asma yangi koronavirus infeksiyasidan tuzaldi. Bu haqda davlat rahbari devonining Twitter'dagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.  

Devon xabariga ko‘ra, Suriya rahbari va uning rafiqasida koronavirus infeksiyasi alomatlari o‘tib ketgan, ularning COVID-19 ga topshirgan testida manfiy natija qayd etilgan. 

"Prezident Bashar Asad va Asma Asad xonim bugundan normal hayotga qaytmoqda", deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 8 mart kuni Suriya Prezidenti Bashar Asad va uning turmush o‘rtog‘i Asmaning COVID-19 ga topshirgan testi ijobiy natija ko‘rsatgandi


Maqola muallifi

Teglar

Bashar Asad Asma

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing