Koronavirusga chalingan namanganlik haqida batafsil ma’lumot berildi

Jamiyat

image
Avstriyadagi o‘zbekistonlik koronavirus yuqtirib oldi north_east

Avstriyadagi o‘zbekistonlik koronavirus yuqtirib oldi

Avvalroq, Namangan viloyatida koroanvirusga chalingan ilk bemor aniqlangani haqda xabar bergan edik. Namangan viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi koronavirus aniqlanishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga asosan koronavirus infeksiyasi tarqalgan hududlardan kelgan, ya’ni koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar bilan muloqotda bo‘lganligi aniqlangan 30 nafar Namangan viloyatida yashovchi fuqarolar joriy yilning 24 mart kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga karantin kuzatuvi uchun yotqizilgan va barcha fuqarolardan virusologiya laboratoriyasiga tekshiruv uchun namunalar olingan.

Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi tahlil natijalariga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi 1 nafar fuqarodan olingan namunalarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

Olib borilgan epidemiologik surishtiruvlar jarayonida 1995 yilda tug‘ilgan ushbu fuqaro 2020 yil 12 mart kuni Istambul-Toshkent TK-1368 reysi bilan O‘zbekistonga kelgan hamda 24 martgacha uy sharoitida tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy kuzatuvga olinganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu fuqaro tadbirkorlik uchun Turkiya davlatiga borib qaytganligi aniqlandi. 

Hozirgi kunda ushbu fuqaro bilan oilaviy va yaqin muloqotda bo‘lgan 11 nafar fuqarolar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilib karantin kuzatuviga olindi, shuningdek u bilan ikkilamchi muloqotda bo‘lgan 43 nafar fuqarolar maxsus jihozlangan izolyatorlarga joylashtirildi. Hozirda ularning sog‘ligi malakali mutaxassislar tomonidan nazorat qilib borilmoqda. 

Yuqoridagi 54 nafar fuqarolardan virusologik tekshiruv uchun namunalar olindi, hozirda laboratoriya tahlillari davom ettirilmoqda. Ushbu fuqaro bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlash bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Namangan koronavirus

Baholaganlar

511

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing