Avstriyadagi o‘zbekistonlik koronavirus yuqtirib oldi

Jamiyat

image

Avstriyada O‘zbekiston fuqarosi koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Avazbek Xojimetov ma’lum qildi.

“Xorijdagi fuqarolarimiz orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ushbu bemor hozirda Avstriyada karantinga olingan, ahvoli yaxshi va kasallikning yengil formasi tashxisi qo‘yilgan. Vaziyat elchixonamiz doimiy nazoratida”, dedi Xojimetov.

Avvalroq, Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi koronavirus yuqtirib olgani xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Avstriyada 6001 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 42 nafari vafot etgan va 9 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing