Koronavirusga chalingan Qozog‘iston SSV rahbari bu qanday bo‘lganini gapirib berdi
Olam
−
14 iyun 2020
12528Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Yeljan Birtanov koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda u Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Yeljan Amantayevich o‘z akkauntida e’lon qilgan postida kasallangani haqida xabar qoldirgan. Ma’lum bo‘lishicha, u shifoxonaga yotqizilgan.
Vazirning ta’kidlashicha, u kasallikka chalinmaslik uchun qat’iy choralar ko‘rgan, biroq shunga qaramay, infeksiya yuqtirib olgan. Xavf-xatar har doim bo‘ladi, deya ta’kidlaydi vazir.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda ba’zi hududlarda kasallanish holatlari ko‘paygan.
Yeljan Birtanov qozog‘istonliklarni "shaxsiy karantin" ga rioya etishga va mavjud profilaktik tavsiyalarga amal qilishga chaqirdi.
LiveBarchasi