Koronavirusga chalingan Erdo‘g‘an BAAga safar qiladi
Olam
−
10 fevral 2022
3644Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 14-15 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya rahbari idorasi ma’lum qilgan.
“Prezidentimizning BAAga tashrifi 14-15 fevral kunlariga mo‘ljallangan. Hozircha safar sanasida o‘zgarishlar yo‘q”, deyilgan xabarda.
Erdo‘g‘an joriy yilning 5 fevral kuni o‘zi va rafiqasi koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanganini ma’lum qildi. Shuningdek, 3 fevral kuni Turkiya rahbarining Kiyevga tashrifi chog‘ida unga hamrohlik qilgan Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar ham koronavirusga chalinganini aytdi.
Avvalroq, Turkiya hukumati Erdo‘g‘an koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanganini e’lon qilganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda haqoratomuz va provokatsion bayonotlar tarqatgan olti kishiga nisbatan sud tekshiruvini boshlagani aytilgandi.
LiveBarchasi