Koronavirusga chalingan bolalar ichida ilk o‘lim holati qayd etildi

Olam

image

“Keksa odamlar koronavirusning ta’siriga ko‘proq moyil bo‘lib, uni yuqtirish ehtimoli yuqori. Garchi ularning aksariyatida kasallik yengil o‘tsa-da, ushbu infeksiya bolalarga ham ta’sir qiladi. Ammo, afsus bilan shuni ta’kidlamoqchimanki, bolalar orasida ilk bemor koronavirusdan vafot etdi”. Bu haqda JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘limi boshlig‘i Mariya Van Kerkxove jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida gapirib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus yosh bolalarda yengil shaklda kechadi, ammo bu aniq faktlarga asoslanmagan.

“Xitoyda bir necha bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgandi. Ulardan biri vafot etdi. Bundan kelib chiqadigan bo‘lsak, bolalarimizni kasallikka chalinmaslik choralariga jiddiy qarashimiz kerak”, dedi u Jenevadagi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus tashkilot koronavirusga qarshi birinchi vaksina namunalarini sinovdan o‘tkazishni boshlaganini e’lon qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 219 604 nafarga yetdi. Infeksiya yuqtirib olgan 8929 kishi vafot etgan. 84 801 kishi to‘la sog‘aygan.

Eng ko‘p bemorlar Xitoy (80 929), Italiya (35713), Eron (17361) va Ispaniya (14769), Germaniyada uchramoqda (12327).


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

2641

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing