Koronavirusga chalingan Bashar Asadning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Koronavirusga chalingan Suriya Prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asma hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bu haqda Suriya rahbarining matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan. 

"Laboratoriya va rentgen tekshiruvlarining ko‘rsatkichlari asta-sekin normal holatga kelmoqda va davolanishni kuzatuvchi tibbiy guruhda hech qanday tashvish tug‘dirmayapti", deyilgan matbuot xizmati xabarida. 

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, er-xotin to‘qqiz kundan beri karantinda bo‘lgan va hozirda ular sog‘aymoqda. 

Asad va uning rafiqasi o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishni tugatib, yana bir bor PZR-test topshiradi va odatiy hayot tartibiga qaytadi. 

Eslatib o‘tamiz, 8 mart kuni Suriya Prezidenti Bashar Asad va uning turmush o‘rtog‘i Asmaning COVID-19 ga topshirgan testi ijobiy natija ko‘rsatgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bashar Asad

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing