Koronavirusga chalingan 50 yashar bemor vafot etdi
Jamiyat
−
26 iyul 2020
9619O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. Jami o‘lim holatlari ayni vaqtda 113 tani tashkil etmoqda. Navbatdagi bemor o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashagan 50 yoshli Z.R. (erkak)da joriy yil 8 iyul kunidan boshlab tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi, yo‘tal bilan uyida ambulator sharoitida davolanib yurgan. 16 iyul kuni esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangach, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.
Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiyalar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
LiveBarchasi