Koronavirusga chalingan 28 yashar ayol vafot etdi
Jamiyat
−
09 iyul 2020
19901O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari 50 taga yaqinlashdi. 49-o‘lim holati Jizzaxda qayd etildi.
Jizzax shahrida yashovchi 28 yoshli M.O. (ayol) joriy yilning 22 iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, u uy sharoitida davolanib yurgan.
Bemor ahvoli og‘irlashib, 4 iyul kuni tibbiyot xodimlariga murojaat qilganidan so‘ng, undan COVID-19 ga namuna olingan va infeksiya bilan kasallanganligi tasdiqlangan. Unda ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.
Bemor davolanish jarayonida mutaxassislar tomonidan bir necha marta konsultatsiya qilingan, unga tasdiqlangan standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli u sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.
Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion choralarga qaramasdan bemorning holati keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
LiveBarchasi