Koronavirusga chalingan 18 kishining ahvoli og‘ir – Botirjon Qurbonov
Jamiyat
−
24 iyun 2020
749024 iyun kuni soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 6755 tani tashkil etmoqda. Ularning 4560 nafari sog‘aygan, 19 nafari vafot etgan.
Koronavirusdan davolanayotgan 2176 nafar bemorning ahvoli haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 1939 nafar bemorning avoli qoniqarli holatda. 215 nafar bemor o‘rta og‘ir, 18 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bemorlarning 130 nafarida pnevmoniya kuzatilyapti.
Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 59 476 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Ulardan 36 667 nafar fuqarolar uy sharoitida, 22 809 nafar fuqarolar statsionar sharoitda karantinga olingan.
Mavjud virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 23 310, mavsum davomida 1,078 782ta test sinovlari o‘tkazildi.
LiveBarchasi